“Hola Madrid”. “Barselona” rahbarligiga nomzodlardan biri “Real” stadioni yaqiniga banner joylashtirdi

Eldor Akmurzayev
15 dek 2020, 19:25
Kataloniyaliklar sobiq prezidenti Joan Laporta yana o'z lavozimiga qaytishni istamoqda va saylov oldidan ovoz beruvchilarni jalb qilish uchun ish olib bormoqda.

Funkcioner o'z tasviri tushirilgan ulkan bannerni “Real” stadioni “Santyago Bernabeu” yaqinidagi uyga joylashtirdi.

“Yana ko'rishganimizdan xursandman”, deya yozilgan bannyerda.

Shuningdek, Laporta ushbu rasm bilan sahifasiga, “Salom, Madrid” (Hola Madrid), deb post ham joyladi.

Laporta 2003-2010 yillar davomida “Barselona” prezidenti bo'lgan. Shu vaqt oralig'ida jamoa 4 bor La Liga va 2 marta YCHLda zafar quchib, umumiy hisobda 12 ta titulni qo'lga kiritgandi.

Ayni vaqtga kelib, “ko'kanorranglilar” rahbari bo'lish uchun 8 davogarning nomi ilgari surildi. Saylovlar esa 2021 yil yanvarida o'tkaziladi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/JoanLaportaFCB