"Hokim Kubogi"da ishtirok etadiganlar nomi ma'lum bo'ldi (+TAQVIM)

Aslanov Jasurbek
27 yanv 2019, 18:50
Farg'ona viloyati futbol assotsiatsiyasi tomonidan xar yili ananaviy tarzda o'tkazib kelinadigan “Hokim Kubogi” musobaqasining bu yilgisi 29 yanvar kuni rasman start oladi.

Mazkur musobaqada bir qator Superliga va Pro-liga ishtirokchilari ishtirok etadi. Ma'lum bo'lishicha, "Qo'qon-1912", shuningdek, "Neftchi", "Istiqlol" (Farg'ona), "Cementchi" (Quvasoy), "Sherdor" (Samarqand) va “Lokomotiv” (U-21) jamoalari musobaqada g'oliblik uchun bahs yuritishadi. Qolaversa, ushbu musobaqa mazkur jamoalarga yangi mavsum oldidan tayyorgarlik jarayonini o'tab beradi.  

Qayd etish joiz, final bahsi 9 fevralda bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: pfl.uz