"Hokim kubogi". "Neftchi-1" - "Qo'qon-1912-2" o'yini statistikasi

Narzulla Saydullayev
4 fev 2016, 20:15
"Hokim" kubogi-2016“ turniri doirasida bo'lib o'tgan "Neftchi-1” hamda “Qo'qon-1912-2” jamoalari o'rtasidagi bahs statistikasini e'tiboringizga taqdim etamiz.

Burchak to'plari.

O'yinda  “Neftchi-1” futbolchilari 4 marta burchakdan to'pni o'yinga kiritib berishdi. “Qo'qon-1912-2” esa 1 marta.

Qo'polliklar.

“Neftchi-1” o'yinda 17 marta qo'pollik qildi. Qo'qonliklar esa 12 marta fol ishlatishdi.

Umumiy zarbalar.

Andrey Fyodorov shogirdlari bahs davomida umumiy 10 marta zarba yo'llashdi. Murod Ismoilov shogirdlari esa 7 marta.

Aniq zarbalar.

“Neftchi-1” futbolchilari tepgan to'plarning 5 tasi raqib darvozasiga aniq yo'llandi. Qo'qonlik o'yinchilar esa 2 marta aniq darvozaga tepishdi.

Jarima to'plari.

Bu borada “Neftchi-1” 12 talik ko'rsatkichni qayd etdi. Mehmonlar esa 17 marta.

Ogohlantirishlar.

Uchrashuv bosh hakami qo'qonliklar tarkibidan Aziz Ibragimovni sariq kartochka bilan jazolandi.

 

“Neftchi” PFK matbuot xizmati tomonidan tayyorlandi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcneftchi.uz