Hojimat Erkinov: "OKMKda katta futbolga moslashganman"

Sherzod Nurmatov
8 okt 2025, 17:23
"90minutuz" podkastining navbatdagi sonida O'zbekiston milliy terma jamoasi vingeri Hojimat Erkinov qatnashdi.

Unda podkast mualliflaridan biri Nodirxo'ja Yuldashev Erkinovdan Mirjalol Qosimov boshchiligidagi OKMKda to'p tepgan davri qanday o'tganini so'radi.

"Mirjalol Qosimov qattiqqo'l murabbiy edi. Birinchi o'yinim Jizzaxda "So'g'diyona"ga qarshi kechgan va 1 ta assist amalga oshirganman. O'shandan keyin menga o'yin amaliyoti bera boshlashdi. Keyingi bahsda "Bunyodkor"ga gol urganman. Mirjalol akaga rahmat deb qolaman. Meni ko'p marta qo'llab-quvvatlab, o'yin amaliyoti berganlar. Faoliyatimda burilish davri bo'lgan. Muxlislar o'sha paytda tanigan. 

Futbolchi sifatida o'sishga erishganman. O'sha payt Olmaliqda ko'plab tajribali futbolchilar to'p tepardi, shu orqali kattalar futboliga moslashganman", – dedi Erkinov.

"90minutuz" podkasti to'liq holda:

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia