Hikmat Ergashev: "Jonini berib o'ynagan yigitlarga rahmat"

Aslanov Jasurbek
12 dek 2020
AGMK hamda "Metallurg" o'rtasidagi O'zbekiston Kubogi 1/4 final uchrashuvidan (4:3) so'ng mezbonlar murabbiyi Hikmat Ergashev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Hikmat Ergashev: "Kubok bo'ladimi, chempionat bo'ladimi derbi doimo shiddatli o'tgan. Hisobda ortda qola turib, g'alabaga erishdik. Jonini berib o'ynagan yigitlarga rahmat. Endi finalga chiqishga harakat qilamiz".


- AGMKning jismoniy holati juda yaxshi ekanligin ko'rindi...

- Bosh murabbiyimiz Mirjalol Qosimov doimo jismoniy tayyorgarlikka katta e'tibor bergan. Shu sababli futbolchilarimiz har doim bahslarga to'liq tayyor bo'lishadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia