Havoga uchgan millionlar

Omonjon To`xtamirzayev
17 apr 2023
"Chelsi" oxirgi 2 transfer oynasida shu qadar ko'p sarfladiki, arab shayxlari ham biroz esdan chiqa boshladi.

Jamoada yaxshi ijrochilardan tashkil topgan bir yo'la 3 ta tarkib bor. Hozirga kelib, mavsumdagi 3-murabbiy ish olib bormoqda. Hujumkor futbolchilar borasida raqobat ham aqlbovar qilmas darajada, ammo... "Aristokratlar"ga hali ham nimadir yetishmayotgandek. Har holda hujum chizig'idagilarning "ketmoni uchmayapti". 

Shu erda to'xtang va bir eslashga harakat qilib ko'ringchi, aynan hujumchi va hujumkor yarim himoyachilardan qaysi birining golini eslay olasiz? Ulardan 2 nafarini eslay olgan bo'lsangiz qoyil! Chunki bunga chindan ancha bo'ldi. Odatda top klublarda bunday muammo bo'lmaydi. Aniqrog'i u yoki bu futbolchida omadsiz seriya kuzatilishi mumkin, ammo hujumchilarning deyarli barchasi gol ura olmasligi bir muncha noyob xodisa. 

Darvoqe, jamoa YCHL u yoqda tursin, evrokuboklarsiz qolishi tobora oydinlashib bormoqda. Buni APL musobaqa jadvalini ko'rib bilib olishingiz mumkin.


"Chelsi"ning hujumkor futbolchilari oxirgi gollarini qachon urgandi:

Joau Feliks - 30 kun avval

Kay Xaverc - 30 kun avval

Raxim Sterling - 40 kun avval

Obameyang - 187 kun avval

Kristian Pulishich - 191 kun avval

Xakim Ziesh - 422 kun avval.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia