
Kunning birinchi uchrashuvida musobaqa favoriti va birinchi bosqich yetakchisi hisoblangan Uzpromstroybank Choshtepaga hech qanday imkoniyat qoldirmadi va uni 10:1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Qolgan uchrashuvlarda bir jamoa raqibiga nisbatan bu qadar katta ustunlikka erishmadi, natijalar esa quyidagicha ko'rinish oldi: Pro-DJ – DHL 1:3, Do'stlik - O'zDTV, EastRoad - SQB-Yunusobod 2:3.
Shunday qilib, havaskorlar o'rtasidagi musobaqa yarim finalida quyidagi juftliklar final yo'llanmasi uchun kurash olib borishadi: Uzpromstroybank - Do'stlik, DHL - SQB-Yunusobod. 5-8-o'rinlarni kim egallashi uchun Choshtepa - O'zDTV, Pro-DJ - EastRoad uchrashuvlaridan so'ng ma'lum bo'ladi.
Bo'lajak o'yinlar taqvimi
25 avgust, yakshanba
5-8-o'rinlar uchun uchrashuvlari
9.00 Choshtepa – O'zDTV
10.15 Pro-DJ – EastRoad
Yarim finallar
11.30 Uzpromstroybank– Do'stlik
12.45 DHL– SQB-Yunusobod