

"Manchester Yunayted" klubi himoyachisi Harri Maguayr jarohat sabab bir necha haftani maydon tashqarisida o'tkazadi. Bu haqda futbolchining o'zi ma'lum qildi.
"Jarohatlar sabab hafsalam pir bo'ldi. Bir necha haftani maydon tashqarisida o'tkazaman, ammo kuchliroq bo'lib qaytaman", -deb yozadi Harri Maguayr.
Ma'lumot uchun, 31 yoshli himoyachi APL ettinchi turidan o'rin olgan "Aston Villa"ga qarshi o'yinning birinchi taymi oxirida jarohat olib maydonni tark etgandi.



