Harri Keyn va Alfonso Devis "Real" short-listida

Sherzod Nurmatov
29 noya 2022, 16:59
Ispaniyaning "Real" klubi Jahon chempionatidan keyingi bir qator ehtimoliy transferlarni ko'rib chiqmoqda.

Shu maqsadda Madrid klubi Harri Keyn va Alfonso Devisni kuzatib bormoqda. Jamoa ustozi Karlo Anchelotti strayker izlashda davom etayotgan ko'rinadi. 

"Tottenxem" hujumchisi Harri Keyn "qirollik klubi"ning jarohat olgan asosiy forvardi Karim Benzemaning o'rnini bosa oladigan darajadagi hujumchi ekaniga ishonmoqda. 

"Shporlar" Angliya terma jamoasi sardori bilan yo'llarini ayro tushirishi uchun 90 mln evro talab qilmoqda. Madrid ierarxiyasi esa ushbu miqdordagi mablag'ni taklif qilishga tayyor emas. 29 yoshli futbolchining o'zi Ispaniya poytaxtiga ko'chib o'tishni istasa, hozirgi klubidan unga belgilangan narxni tushirishlarini so'rashi mumkin.

Shuningdek, Madrid klubi chap qanot himoyasidagi kamchilikni to'ldirish uchun echim izlamoqda va bu rolga "Bavariya" himoyachisi Alfonso Devis munosib ko'rilmoqda. Shu tufayli u klubning short-listida eng ustuvor vazifa, deb qaralyapti.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sport.es