Haqiqiy usta! Harri Keyn so'nggi 18 ta penaltini aniq amalga oshirdi

23 mar 2019, 07:53
Angliya terma jamoasi hujumchisi Harri Keyn kecha Evro-2020 saralashi doirasida Chexiyaga qarshi bahsda (5:0) penaltidan bitta gol urishga erishdi.

Keyn barcha musobaqalarda tepgan so'nggi 18 ta penaltisidan barchasini aniq amalga oshirishga erishdi. Shuningdek, bu Harri uchun mamlakat bosh jamoasi safidagi 36-o'yinda urgan 21-gol bo'ldi. Futbolchi hali terma jamoa tarixidagi eng kuchli to'purarlarning o'ntaligiga kirmagan. Terma jamoa tarixidagi eng yaxshi to'purar esa 120 ta o'yinda 53 ta gol urgan Ueyn Runi hisoblanadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Gracenote Live