Qozog'istonning Irtish klubi Yevropa Ligasi 2-saralash bosqichi ilk uchrashuvida o'z maydonida Bosniyaning Shiroki Brieg jamoasini qabul qildi va 3:2 hisobida g'alaba qozondi. Mazkur uchrashuvda Irtish safida ikki nafar o'zbekistonlik hujumchi - Ulug'bek Baqoev hamda Kamoliddin Murzoevlar asosiy tarkibda maydonga tushishdi va to'liq 90 daqiqa harakat qilishdi.
Qozog'istonning yana bir klubi - Aktobe esa, 18 iyul kuni safarda Norvegiyaning Xedd klubiga qarshi to'p surdi va 0:1 hisobida mag'lubiyatga uchradi. Xabaringiz bor, Aktobe safida O'zbekiston milliy terma jamoasiga nomzod bo'lgan futbolchilar - Aleksandr Geynrix, Temur Kapadze hamda Marat Bikmaevlar to'p surishadi. Norvegiyadagi uchrashuvda Aleksandr Geynrix hamda hamda Temur Kapadzelar o'z jamoalariga yordam bera olishmadi. Ikkala futbolchida ham viza bilan bog'lik muammolar yuzaga keldi va ular EL 2-bosqichning dastlabki o'yinini o'tkazib yuborishdi.
Qozonning Rubin safida to'p surayotgan yana bir o'zbekistonlik futbolchi - Vagiz Galiulin (fotoda) 18 iyul kuni safarda Sloveniyaning Yagodina klubiga qarshi kechgan uchrashuvda jamoa qaydnomasiga kiritilganiga qaramay, zahirada qoldirildi. Uchrashuvda Rubin 3:2 hisobida g'alaba qozongan.