Hamidjon Aktamov: “Biz PFL licenziyalash talablarini bajarganmiz”

20 dek 2017, 23:18
Bugun turli OAV larda “Qizilqum”ning licenziyalash bilan bog'liq muammolari ortidan, jamoaning keyingi yili superligada ishtirok etish etmasligi bilan bog'liq xabarlar tarqaldi. Jamoa bosh murabbiyi Hamidjon AKTAMOV klub matbuot xizmatiga ushbu vaziyat bo'yicha izoh berdi.

-Haqiqatan ham klubimiz OFK licenziyalash jarayoni yakunida hujjatlarni jo'natishdagi ayrim kamchiliklar bois belgilangan muddatda bu ishni yakunlay olmadi. Ammo bu faqat OFK licenziyalash jarayoniga tegishli. Yani, bu vaziyatda agar biz OFK tomonidan o'tkaziladigan turnilarda  (OCHL, OFK kubogi) qatnashganimizda bu narsa bizga halaqit qilishi mumkin edi. Agar jamoa milliy chempionatda yaxshi natijalarni qo'lga kiritib, xalqaro maydonda ishtirok etish huquqiga ega bo'lsa, biz shubhasiz bu ishga mas'uliyatliroq yondashib, belgilangan topshiriqlarni o'z vaqtida ado etishga urinamiz.

Klubimiz O'zPFL tomonidan o'tkazilayotgan licenziyalash talablarni barchasini o'z vaqtida bajarishga intilmoqda va bu borada barcha muammolar hal etilgan. Shu bois muxlislarimiz xotirjam bo'lishlarini istardim. Nasib etsa, jamoamiz oldiga yangi mavsumda jiddiy maqsadlar qo'yilmoqda. Shu bois tarkib borasida ham ijobiy o'zgarishlarga qo'l o'ramiz. 

Aziz NURIY yozib oldi.

O'xshash yangiliklar


Manba: "Қизилқум" матбуот хизмати.