Hakimi keyingi mavsumni "Real"da boshlaydi

22 mar 2020, 22:50
Yozda marokashlik futbolchi Dortmundan Madridga qaytadi.

"Mundo Deportivo" nashri xabariga ko'ra, Ashraf Hakimi "Qirollik klubi" bilan 2025 yilga qadar mo'ljallangan shartnomaga imzo chekadi.

Eslatib o'tamiz, "Real" o'z tarbiyalanuvchisini 2018 yilda Dortmundning "Borussiya" klubiga ijaraga berib yuborgan edi. Dortmundliklar universal himoyachining transfer huquqini sotib olishga tayyor, ammo bu taklifni "qaymoqranglilar" rahbariyati rad qilgan.

Ma'lumot uchun, Hakimi joriy mavsum 37 uchrashuvda maydonga tushdi va 7 gol, 10ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning "Real" bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar amal qiladi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Mundo Deportivo