Hakim Fuzaylov: "Yozda tarkibimizni kuchaytirishimiz shart"

Iskandarov Abdulaziz
30 apr 2022, 13:27
Pro liganing 6-turidan o'rin olgan "Buxoro" - "Xorazm" (3:2) uchrashuvidan so'ng matbuot anjumanida mezbonlar ustozi Hakim Fuzaylov ishtirok etdi.


"O'yindan oldin ham yigitlarga oson uchrashuv bo'lmasligini ta'kidladim. Kurashuvchan kayfiyatda maydonga chiqish kerak. Joriy yilgi Pro ligada kuchsiz jamoaning o'zi yo'q. Hamma oxirigacha kurashmoqda. Jamoamiz hali yana shakllanishi kerak. Chunki 80 foizi yangi yigitlar. Ko'ryapmanki, tarkibimizni yanada kuchaytirishimiz kerak. Ojiz nuqtalarni sezib turibman. Yozda Superliga darajasidagi yoki kuchliroq legioner olishimiz shart. O'yinni yana tahlil qilamiz. 

Maydon yangi va ajoyib. Hozir maydonga yana biroz dam beramiz. Keyingi turni "Aral Samali"ga qarshi o'tkazamiz. Shu bois suniy maydonda mashg'ulot o'tkazamiz",- deydi Hakim Fuzaylov.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia