Hakim Fuzaylov: "O'zbekiston Kubogi – nufuzli musobaqa"

Sherzod Nurmatov
9 apr 2022, 20:49
Musobaqa dastlabki turi doirasidagi "Surxon" – "Buxoro" (2:0) o'yinidan keyin buxoroliklar ustozi Hakim Fuzaylov fikrlari bilan o'rtoqlashdi.


- O'yin haqida

- Shubhasiz, O'zbekiston Kubogi – nufuzli musobaqa. Har ikki jamoa g'alaba qozonishni xohlagandi. Afsuski, jamoamiz ko'plab xatolarga yo'l qo'ydi. Superliga jamoasiga qarshi o'ynaganimiz ortiqcha bosim yukladi, shekilli.   

- Ushbu mag'lubiyatdan keyin turnir jadvali deyarli aniq bo'lib qoldi. Guruhdan chiqishga ishonasizmi?

- Hech qanday qo'rqinchli narsani ko'rmayapman. Musobaqa endigina boshlandi. Hali uyda "Metallurg" bilan, safarda "Bunyodkor" bilan bellashamiz. Har bir jamoa saviyasi deyarli bir xil. Kurashib, natija ko'rsatsa bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia