Hakim Fuzaylov: "Maqsadimiz - Osiyo Kubogi-2019 final qismiga chiqish"

Aslanov Jasurbek
24 yanv 2017, 11:30
Abu-Dabida bo'lib o'tgan Osiyo Kubogi-2019 saralash bosqichining qur'a tashlash marosimida qatnashgan Tojikiston terma jamoasi bosh murabbiyi Hakim Fuzaylov qur'a natijalari haqida fikr bildirdi.

Eslatib o'tamiz, Tojikiston terma jamoasi Osiyo Kubogida qatnashish uchun "F" guruhida Filippin, Yaman va Nepal bilan kurash olib boradi.

"Bu bosqichda kuchsiz raqib bo'lmaydi. Guruh bosqichidagi barcha ishtirokchilar raqobatbardosh. 24 ta jamoa bir xil darajada. Umuman olganda, guruhimizda teng kuchli jamoalar yig'ilgan. Og'ir o'yinlar bo'ladi, shu sababli yaxshi tayyorlanishimiz kerak. Maqsadimiz - Osiyo Kubogi-2019 final bosqichiga chiqish. Bu vazifani uddalasa bo'ladi va o'z maqsadimizga erishamiz deb o'ylayman" - deydi Hakim Fuzaylov.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: fft.tj