Hakamlarni attestaciyadan o'tkazish jarayoni bo'lib o'tmoqda

Narzulla Saydullayev
7 dek 2017, 13:50
O'FF xodimlar malakasini oshirish, o'z kasbining mutaxassisi bo'lgan insonlar federatsiya tarkibida ishlashini taminlash maqsadida, o'zbekistondagi murabbiylar, hakamlar va viloyat futbol federatsiyalari xodimlarini attestaciyadan o'tkazilishi belgilangandi.

Shunga ko'ra, Toshkent shahrida O'zbekiston Futbol Federatsiyasining attestaciya bo'yicha komissiyasi tomonidan 25 nafar yosh hakamlarni attestaciyadan o'tkazish ishlari boshlandi. Bugun kunning birinchi yarmida hakamlar jismoniy mashqlar bo'yicha sinov topshirdilar. Kunning ikkinchi yarmida esa ular videomateriallardan tayyorlangan testlarni topshiradilar.

Shuningdek, 15-16 dekabr kunlari  Toshkent shahrida Superliga va Pro-liga bosh hakamlari hamda laynsmenlarini attestaciyadan o'tkazish jarayoni bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com