

Ulardan birida G'uzorning "Sho'rtan" klubi Namanganning "Navbahor" jamoasini qabul qildi. Mazkur uchrashuvda 3:3 hisobidagi jangovar durang natija qayd etildi.
Bizga yetib kelgan ma'lumotlarga ko'ra, o'yinni boshqarib borgan bosh hakam Olim Tolibjonovga uchrashuv nazoratchisi Alisher Abdullaev 2 baho qo'ygan. Hozircha qoniqarsiz bahoning sababi bizga ma'lum emas. Tez orada PFLdan rasmiy ma'lumot kutib qolamiz.
Eslatib o'tamiz, 16 sentyabr kuni "Buxoro" - "Dinamo" o'yinini boshqargan hakam Rustam Bobomurodov nazoratchi tomonidan qoniqarsiz 4 ballga baholangan, keyinchalik esa Bobomurodov hakamlikdan butunlay chetlatilgan edi.




