Hakamlar "Irtish"ning uchta golini inobatga olishmadi

Narzulla Saydullayev
28 okt 2013, 08:00
Qozog'iston premer ligasining 31-turidan o'rin olgan "Ordabasi" - "Irtish" uchrashuvida maydon egalari 3:1 hisobida zafar quchishgani haqida xabar bergandik.
Mezbonlar ikkita tezkor gol urib hisobda oldinga chiqib olishdi.

Baqoev o'ng qanotdan oldinga o'tib jarima maydoniga to'pni oshirdi, to'pni darvozabon qaytardi, qaytgan to'pni Kamoliddin Murzoev deyarli bo'sh darvozani ishg'ol qildi.

Shundan so'ng hakamlar o'zlari haqida eslatib qo'yishdi. Bosh hakam Gauzer va uning assistentlari Ordabasi darvozasiga urilgan uchta golni bekor qilishdi! Har bir golda pavlodarliklar tomonidan qoida buzilgan deb topildi. Mehmon jamoa futbolchilarining ichlaridan qanday hislar kechgani qorong'u…

O'yin oxirida Shimkentliklar yana bitta gol urib g'alabani mustahkamlashdi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sportinfo.kz