Hakamga otilgan yondirgich tufayli Germaniya Kubogi bahsi oxirigacha o'ynalmadi

Aslanov Jasurbek
11 avg 2015, 12:43
"Osnabryuk" va "Red Bull Leycpig" o'rtasidagi Germaniya Kubogi 1/32 bosqich uchrashuvi hakamga otilgan yondirgich tufayli oxirigacha davom etmadi.

O'yin Osnabryukda bo'ldi va mezbonlar 1:0 hisobida g'alaba qozonayotganda to'xtatildi.

Ma'lumotlarga ko'ra, 30 yoshli hakam Martin Petersenning boshiga yondirgich tekkanidan so'ng bahs 71 daqiqada to'xtatildi. Hakam kasalxonaga jo'natildi, ammo ma'lum bo'lishicha, u xushida bo'lgan. Nemis futbol federatsiyasi ushbu voqea borasida tekshiruv ishlarini boshlagan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com