“Hafta Iqtiboslarda”ning bugungi qahramonlari: barchani qo'rqitmoqchi bo'lgan Uolkot, Italiya Jahon Chempionatida biror narsani qoyillatishiga ishonmayotgan Buffon, kelishilgan o'yinlarga qarshi kurashmoqchi bo'lgan Magometov, futbolchilarni bo'ynidan boylab, majburlab o'ynatayotgan Ismoilov va boshqalar bo'ladi. Demak, boshladik.
"Arsenal" yarim himoyachisi Teo Uolkot, yangi mavsumda sovrinni qo'lga kiritish uchun qilinishi kerak bo'lgan ishlar haqida
- Agar biz kelayotgan mavsumda biror sovrinni qo'lga kiritishni istasak, raqiblarni bizdan qo'rqishiga erisha olishimiz talab etiladi.
Moskvaning SSKA klubi bosh murabbiyi Leonid Sluciy, klub muxlislarining "Siz, "Spartak" murabbiyi Karpinni jangga taklif eta olasizmi?", degan savoliga javobi:
- Bilasiz-ku, bizlar turli vazn toifasidanmiz.
Janluiji Buffon, Italiya terma jamokasining kelasi yili bo'ladigan Mundialda chempionlik uchun imkoniyatlari haqida
- Biz o'sish borasida ko'plab terma jamoalardan ortda boryapmiz. Bu - haqiqat. Hozirgi Italiya terma jamoasi, Jahon Chempionatida oltin medallarni qo'lga kirita oladigan ahvolda emas!
Maykl Ouen, Ueyn Runining "Manchester Yunayted"ni tark etishi mumkinligi haqidagi gaplarga munosabati
- O'z vaqtida men faoliyatimning eng cho'qqisida "Liverpul"dan "Real"ga o'tgandim. Runi bu ishni takrorlashini istamasdim. Hozirgi holatda Runi qilishi mumkin bo'lgan eng maqbul ish - "MYU"da qolib, Devid Moyesga nimalarga qodir ekanini isbot qilish bo'ladi"
PFL bosh direktori Fahod Magometov, birinchi ligadagi kelishilgan o'yinlar haqida
- Tan olish kerak, birinchi liga o'ta yomon holatda. Bu hech kimga sir emas. Kamchiliklar to'lib yotibdi. Bunga birinchi navbatda jamoa rahbarlari bilan bosh murabbiylarni aybdor qilib ko'rsatgan bo'lardim. Kelishilgan o'yinlar ko'p uchrayapti. Bularni yo'q qilish kerak".
Hozirgi holatda birinchi ligaga botqoqqa botib qolgan deb aytsak bo'ladi. Uni bundan chiqarish uchun juda ko'p ish qilish shart yoki to'liq operaciyani amalga oshirish lozim. Bazi klublar hakamdan shikoyat qilishadi, o'yinni ko'rib chiqqanimizda hakam aynan ularga yordam bergan vaziyatlar uchradi. Hakamlarni jamoangizga yon bosishini so'raysiz va keyin uni raqib foydasiga atayin yanglishganda ayblaysiz. Nima uchun ularga qalloblik qilishni o'rgatyapsiz? Kelishilgan o'yinlarda ishtirok etgan yoki hakamlarni yordam berish maqsadida taqdirlashga uringan klublarni jazolaymiz. Shunday jamoalar bir umrga PFL ishtirokidagi musobaqalardan chetlashtiriladi va 50 million so'm jarimaga tortiladi.
"Paxtakor" bosh murabbiyi Murod Ismoilov, Temurxo'ja Abduholiqov haqida
- Bazi futbolchilarni bo'ynidan boylab, majburan o'ynatyapmiz. Masalan, Temurxo'ja Abduholiqov, bilmadim o'zini qaysi jamoalarda his qilib yurgan ekan. Paxtakor libosini kiyib maydonga tushadiyu, lekin o'zi hayolan boshqa klub a'zosi. Shuyam ish bo'ldimi? Qachongacha himoyalanamiz? Bilasizmi, durang uchun o'ynagan uchrashuvlarimiz bo'ldi. Paxtakordek jamoa uchun bu isnod emasmi? Maydonga Paxtakor libosini kiyib tushdingmi, demak shunga monand o'yin ko'rsatishing shart. Kishi ko'ziga maydonda yurish kerak emas. Hamma narsani faqat pul belgilamaydi-ku!
"Guliston" bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov, klubdagi tang ahvol haqida

- Huddiki, “Guliston” faqat muxlislar va jamoa vice-prezidenti Alisher akaga kerakdek. Jamoa tang ahvolda buning uchun muxlislarimizdan uzr so'rayman. Xozir hattoki ikkinchi davra oldidan nima qilishimizni ham bilmayman. Balki asosiy tarkibdagilarni qo'yvorib boshqatdan yoshlardan jamoa tuzarmiz.
Abror QODIROV tayyorladi