Gyundogan: "Tez orada yangi klubim haqida qarorimni e'lon qilaman"

Aslanov Jasurbek
13 iyun 2015, 10:44
Dortmundning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Ilkay Gyundogan tez orada faoliyatini qaysi klubda davom ettirishi haqida ma'lum qiladi.

"Avvaliga bu mish-mishlar meni kulishga majbur qildi. Ammo hozir bir narsa aytmoqchiman. 2014/15 mavsumi 30 iyunda yakunlanadi. Transferlar bu sanagacha boshlangan bo'ladi, ammo menda o'yinlar bor. Iloji boricha tezroq qaror qabul qilishga harakat qilaman, ammo mavsum yakunlanganidan so'ng" - deydi Gyundogan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com