Gyundogan o'zi bilan birga ishlagan eng kuchli ikki mutaxassis kimlini aytdi

Alisher
8 iyun 2020, 15:33
"Manchester Siti" xavbeki Ilkay Gyundogan dunyoning eng kuchli murabbiylari haqida gapirdi.

"Yurgen Klopp va Pep Gvardiola - dunyoning eng kuchli ikki mutaxassisi. Men 4 yil Klopp bilan ishlaganman. U men yoqtiradigan murabbiy. U ajoyib jamoaviy ruh yarata oladi va futbolchilarga motivaciya bera oladi.

Taktika nuqtayi nazaridan Pep juda yuqori darajada. U o'yinning har bir detalini bilishni xohlaydigan mutaxassis. Men u kabi taktik murabbiy ko'rmadim.

Ularning uslubi turli xil, ammo ikkalasi ham muvaffaqiyatli. Ular ikki xil bo'lsalarda, dunyoning eng kuchlilaridir", - deydi Gyundogan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Fanatik