Gyundogan: "APLda har yili 98 yoki 100 ochko olib bo'lmaydi"

Mirjalol Normatov
20 sen 2020, 11:17
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Ilkay Gyundogan APL chempionligi uchun poyga haqida gapirdi.

"O'tgan mavsumda barchadan ko'p gol urdik, Ederson "Oltin qo'lqop"ni qo'lga kiritdi, lekin biz bundan-da chiroyli o'ynashimiz kerak.

Ayrim uchrashuvlarda juda osonlik  bilan yutdik, bazilarida esa xatolarga yo'l qo'ydik, vaziyatlardan foydalana olmadik va mag'lub bo'ldik. Barcha o'yinlarda g'alaba qozonishning iloji yo'q. Mag'lubiyatlardan dars olish kerak. Biz ham barqarorlikni ko'proq o'ylashimiz kerak.

Har yili 100 yoki 98 ochko to'plash qiyin. Lekin sovrinlar uchun kurashadigan jamoa doim g'alabaga erishishi lozim.

Raqiblarga panja ortidan qarash yaxshilikka olib kelmaydi, jamoaning o'ziga hos o'yin uslubi bor, bir necha mavsumlar davomida bu yaqqol ko'rinmoqda", - dedi Gyundogan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal