Gyuler tizzasidan operaciya qilinadi. Uning qancha muddatni o'tkazib yuborishi ham aniq bo'ldi

Mirjalol Normatov
11 avg 2023, 00:53
"Real"ning yangi futbolchisi Arda Gyuler operaciya qilinadi.

Eslatib o'tamiz, turkiyalik yarim himoyachi mavsumoldi yig'inlar davomida jarohat olib, safdan chiqqandi. Shu sababli u birorta o'rtoqlik o'yinida ishtirok eta olmadi.

"The Athletic" xabariga ko'ra, 18 yoshli futbolchi operaciya qilinadi. U eng kamida 1,5 oyni o'tkazib yuborishi aniq. Barchasi futbolchi organizmining tiklanish jarayoniga qaraladi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Athletic