Gvardiolaning otasi Chempionlar Ligasi finalida "Real" ustidan g'alabani orzu qiladi

Alisher
5 may 2021, 16:04
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaning otasi Valenti Gvardiola Chempionlar Ligasi finalida "Real" ustidan g'alabani orzu qiladi.

"Bunday turnir finalida Madridning "Real" jamoasi ustidan qozonilgan g'alaba orzuning ushalishidek bo'lar edi. Umid qilamanki, agar final ham shunday bo'lsa, g'alaba "Manchester Siti" tomonida bo'ladi", - deydi Valenti.

Qayd etish kerakki, "Manchester Siti" tarixda ilk bor YCHL finaliga chiqdi.

"Real"ga kelsak ispan klubi bu musobaqa finalida 16 bor o'ynagan va ularning 13tasida zafar quchgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca