Gvardiolaning o'rnida kim ishlaydi?

Mirjalol Normatov
1 yanv 2026
Enco Mareska "Manchester Siti" bosh murabbiyligi uchun asosiy nomzod bo'lib turibdi.

Bu haqda Fabricio Romano ma'lumot bermoqda. "Shaharliklar" rahbariyati italiyalik murabbiyning faoliyatini yuqori baholagan. Biroq hali hech qanday kelishuvlarga erishilmagan.

Gvardiola ham o'z navbatida kelajagi borasida bir qarorga kelmagan va bor e'tiborini ushbu mavsumga qaratgan.

Bugun "Chelsi" Mareskani iste'foga chiqardi. London klubi 19 o'yindan keyin 30 ochko jamg'argan holda 5-o'rinni egallab turibdi. "Ko'klar" so'nggi 9 o'yinining faqatgina ikkitasida g'alabaga erishishdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano