Gvardiolaning opasini ishdan bo'shatishdi

Aslanov Jasurbek
29 okt 2017
Ispaniya Senati Konstitutciyaning 155-moddasini ishga solib, Kataloniyani boshqarishni o'z qo'liga oldi.

Natijada Kataloniyaning barcha elchilari o'z mansablaridan mahrum bo'lishdi, ularning orasida "Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaning opasi Francheska Gvardiola ham bor edi.

"Shaharliklar" ustozining opasi shu yilning mart oyidan boshlab Daniyada Kataloniya elchisi sifatida faoliyat yuritayotgan edi.

Xosep Gvardiola Barselonaga tegishli bo'lgan Sanpedoreda tug'ilgan. Gvardiola 2008-2012 yillarda "Barselona" jamoasini boshqargan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca