Gvardiola "Yuventus" bilan kelishib olmagan

Aslanov Jasurbek
9 mar 2019
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola "Yuventus"ni boshqarmoqchi emas.

Oldinroq, Gvardiola Turin rahbariyati bilan kelishib olgani e'lon qilingan edi.

Gvardiola "Manchester Siti" rahbariyatiga ishonadi. Murabbiy klubga nisbatan FIFA tekshiruv boshlagani borasida fikr bildirmadi. Mutaxassisning yaqinlari Gvardiola "Yuventus"ga o'tishi haqidagi ma'lumotni rad etishdi.

Ayni damda "Yuventus"ni Massimiliano Allegri boshqarmoqda.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Evening Standard