

- Yangi mavsum dastlabkisidek yaxshi kechadi, deb umid qilaman. Odamlar ilk mavsumda "Siti" murabbiylar shtabi uchun omadsiz o'tdi, deya hisoblamoqda. Bu shunchaki biz avval qilgan ishlar fonida shunday ko'ringan.
Men 7 yillik murabbiylik faoliyatimda 6 marta mamlakat chempionligini qo'lga kiritganman, shuningdek, YCHL yarim finallarida ishtirok etganman. O'tgan yili esa o'xshamadi. Shuni unutmangki,"Barselona" ham doim ham yarim finallarda o'ynayvermaydi.
"Manchester Siti" - ajoyib jamoa. Angliyadagi oxirgi besh yil ichida YCHLda muntazam o'ynayotgan yagona klub. Lekin biz "Barselona", "Bavariya", "Yuventus" va "Real" kabi jamoalarni quvib olishimiz juda qiyin bo'ladi. Buning uchun 10 yil vaqt kerak.



