

“Gol o'tkazib yubormaganimiz juda muhim. Umuman esa jamoa yaxshi o'ynadi. Hozir o'zimizning eng yaxshi jismoniy holatimizdan uzoqdamiz. Boisi to'laqonli shug'ullana olmayapmiz. Juda ko'p o'yinchimiz safdan chiqqan - 6 futbolchimiz koronavirus sabab, 4 nafari esa jarohat borligi bois biz bilan emas. Biroq jamoa yana birga bo'lsa, sekin-astalik bilan yana ham yaxshiroq bo'lamiz. Bu vaqt oralig'ida APL yetakchilaridan uncha ham ko'p ortda qolib ketmaslikka umid qilamiz. Hozircha esa biz endigina Angliya Liga Kubogi chorak finaliga chiqdik”, - deydi Gvardiola.



