Gvardiola Rodri va Xolandning holati haqida ma'lumot berdi

Mirjalol Normatov
31 okt 2025
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola jamoadagi futbolchilar safga qaytayotganini aytdi.

Unga ko'ra, yakshanba kuni "Bornmut"ga qarshi bo'ladigan o'yinda Erling Xoland ham ishtirok etadi. U bahsga shay holatda turibdi.

Shuningdek, Pepga Rodri haqida ham savol berildi:

"Menimcha u bizga yordam berishga tayyor. Lekin asosiy tarkibdami, bilmayman. Muhimi hozir u biz bilan", - dedi Gvardiola.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: City Xtra