Gvardiola: "O'tgan yilgidek kuchli jamoamiz"

Mirjalol Normatov
30 sen 2018, 11:11
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola APLning 7-turi doirasida "Brayton" ustidan qozonilgan g'alabadan keyingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Ajoyib o'yin ko'rsatdik. Bizning pozicion o'yinimiz fantastik darajada. Raqibga umuman imkoniyat bermadik. "Brayton" chuqur himoyalandi. Qarshi hujumlarga juda tezkor o'tdik. O'yinlarimiz orqali o'tgan mavsumni ham esladim.

O'tgan mavsumdagi kabi jamoamiz. Biz mag'lub bo'lishimiz ham, YCHL pley-off bosqichida yutqazishimiz ham mumkin. Ammo shundan keyin ham bizni kuchli jamoa deb ayta olishadi", - dedi Gvardiola.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: BBC