Gvardiola: "Men - VARning ishqiboziman"

Aslanov Jasurbek
21 fev 2019, 10:50
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola "Shalke"ga qarshi Chempionlar ligasining 1/8 final ilk uchrashuvidan (3:2) so'ng, VAR tizimini maqtadi.

Eslatib o'tamiz, "shaharliklar"ning ikkita goli penaltidan urildi, ikkinchi bo'lim o'rtasida esa himoyachi Nikolas Otamendi chetlatildi.

"Men - VARning ishqiboziman. Hamma qarorlar to'g'ri bo'ldi, qizil kartochka ham.

Yaxshi natijaga erishdik, ammo hali hech narsa hal bo'lgani yo'q. Muxlislarimiz javob o'yinida bizga yordam berishadi deb umid qilaman" - deydi Gvardiola.

Ushbu jamoalar o'rtasidagi javob o'yini 12 mart kuni Manchester shahrida bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal