Gvardiola Marezdan kechirim so'radi

Aslanov Jasurbek
16 fev 2019, 14:30
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola nega Riyad Marez asosiy tarkibdan joy olmayotgani haqida gapirdi.

"Buning sababi bor. Sababi esa men. Marez aybdor emas.

Afsuski shunday bo'lyapti, biroq Riyad mashg'ulotlarda borini bermoqda, u iqtidorli futbolchi. Ammo tarkibimizda besh nafar hujumchi bor. So'nggi o'yinlarda Sane maydonga tushmadi.

Marezdan ko'nglim to'q, ammo unga nisbatan qattiqqo'llik qilyapman. Kechirim so'rayman, chunki unga kerakli o'yin amaliyotini bera olmayapman" - deydi Gvardiola.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports