Gvardiola maoshining pasayishiga rozi

Alisher
8 apr 2020, 12:10
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola klubning shartlarini qabul qildi.

Ispaniyalik mutaxassis koronavirus epidemiyasi sabab maoshining kamayishiga rozi bo'lgan.

Qayd etish kerakki, Gvardiola "Manchester Siti"da har mavsumda 20 million evro maosh oladi.

Ish haqining kamayishi borasidagi yakuniy kelishuv mavjud emas.

Gvardiola onasining dafn marosimidan qaytib kelganidan so'ng hammasi hal qilinadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Times