Gvardiola "Manchester Siti"ning ortiqcha vaznli futbolchilarini chetlashtiradi

Sherzod Nurmatov
25 dek 2025, 15:13
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola 3 kunlik tatildan ortiqcha vazn bilan qaytgan jamoa o'yinchilarini Angliya Premer-ligasining 18-turi doirasidagi "Nottingem Forest"ga qarshi o'yinga qo'ymasligini ma'lum qildi.

Shanba kuni "shaharliklar" APLning 17-turida "Vest Xem"ni 3:0 hisobida mag'lub etdi va shundan so'ng bir necha kunlik tatilga chiqdi.

"3 kunlik tatildan qaytgach, ularning holatini tekshiraman. Ular ovqatlanishi mumkin, lekin nazoratda bo'lishlarini unutmasliklari lozim. Tasavvur qiling: hozir ideal holatdagi futbolchi qaytib kelganda 3 kiloga og'irlashib qolsa. U Manchestyerda qoladi, "Nottingem Forest" bilan o'yinga bormaydi", – dedi Gvardiola.

Ayni paytda "Manchester Siti" 17 o'yindan so'ng 37 ochko bilan APLda ikkinchi o'rinni egallab turibdi. "Nottingem Forest"ga qarshi bahs 27 dekabr kuni bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Times