

Ma'lumotlarga ko'ra, "shaharliklar" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Iskoni klubning asosiy transfer nishoni bo'lishini ma'lum qildi. "Manchester Siti" yozda ispaniyalik xavbekni xarid qilishga urinib ko'radi. Klub vakillari Isko agentlari bilan muzokaralar o'tkazishga ulgurishdi.

"Real" hamda futbolchi o'rtasidagi bitim 2022 yilning yozida yakuniga etadi, bitimdagi tovon puli 700 mln. evro. "Qaymoqranglilar" Iskoni kamida 100 mln. evroga sotmoqchi.
Oldinroq, Isko "Qirollik klubi" bosh murabbiyi Santyago Solari bilan kelisha olmay qolgani e'lon qilingan edi.



