Gvardiola: "Manchester Siti"ga dunyoning eng yaxshi futbolchisi yetishmayapti"

Aslanov Jasurbek
23 noya 2024, 14:48
Pep Gvardiola Rodrining "Manchester Siti"da yo'qligini Leo Messidan ayrilgan "Barselona"ga solishtirdi.

"Oltin to'p"ning amaldagi sohibi jarohat sabab mavsum oxirigacha safdan chiqqan.

"Bizga dunyoning eng yaxshi futbolchisi yetishmayapti. "Barselona"dagi davrimni eslang, o'shanda Lionel Messi eng zo'ri edi.

2008/09 mavsumni Messisiz o'tkazganimizda, trebl yutgan bo'larmidik? Yo'q, yutmasdik. Messisiz ketma-ket 6ta sovrinni qo'lga kiritarmidik. Yo'q" - dedi Gvardiola.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: City Report