Gvardiola: "Man Siti" Yevropadagi eng yaxshi o'yinlardan birini o'tkazdi"

Alisher
20 okt 2021, 12:52
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola "Bryugge" (5:1)ga qarshi CHL guruh bosqich 3-turdagi g'alaba haqida gapirdi.

"Biz Yevropadagi eng yaxshi o'yinlardan birini o'tkazdik. Bu aniq. Men milliy termalar o'yinlari vaqtida "Bryugge"ning o'yinlarini kuzatdim.

Ko'plab o'yinlarni ko'rdim. Ular PSJda qanday yaxshi o'ynaganlariga guvoh bo'ldim", - deydi Gvardiola.

"Siti" A guruh turnir jadvalida 3 o'yindan so'ng 6 ochko jamg'argan holda, 1-o'rinda bormoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: uefa.com