Gvardiola: “Man Siti” Chempionlar Ligasi elitalari qatoriga kirmaydi, buni o'zgartirmoqchimiz”

Eldor Akmurzayev
27 apr 2021, 20:00
Chempionlar Ligasi 1/2 finalida o'rin olgan PSJga qarshi ertangi bahs oldidan “shaharliklar” ustozi Pep Gvardiola o'z fikrlari bilan bo'lishdi.

“Manchester Siti” Chempionlar Ligasi elitalari qatoriga kirmaydi, ammo biz uning tarkibida bo'lishni xohlaymiz. Oxirgi yillar muntazam Chempionlar Ligasida o'ynayapmiz va omadimiz kelib musobaqa yarim finaliga chiqdik. G'alaba qozonish uchun o'z o'yinimizni ko'rsatishimiz lozim.

Hamma yaxshi formada, tayyor va xotirjam holatda. Parijdaligimdan juda xursandman. Bu biz uchun yangilik va buni boshdan o'tkazayotganimizdan juda minnatdormiz. Ijobiy natija uchun nima qilishimiz kerakligini bilamiz. Uchrashuvda g'alaba qozonishga urunib ko'ramiz”, deydi Gvardiola.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: isport.ua