Gvardiola Kloppning ketishi haqida: “Endi bemalol uxlayman”

Khoja
27 yanv 2024, 07:17
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Yurgen Kloppning mavsum yakunidan so'ng ketishi haqidagi savolga javob berdi.

“Endi men ancha yaxshi uxlashni boshlayman. “Liverpul” bilan bo'ladigan har o'yindan oldin juda yomon tushlar ko'rardim. Klopp bilan bahslashish faoliyatimdagi eng zo'ri bo'lgan”,- dedi Gvardiola.

Germaniyalik bosh murabbiyi 2015 yilda "Liverpul"ga kelib qo'shilgan va Mersisayd klubi bilan Premer-liga, Chempionlar Ligasi, Angliya Kubogi va Liga Kubogini qo'lga kiritgan.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com