Gvardiola jazoga tortilmaydi

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Pep Gvardiola jamoasining “Liverpul”ga (1:3) qarshi uchrashuvdan keyingi hatti harakatlari bois jazoga tortilmaydigan bo'ldi.

Uchrashuv yakunlangach, ispaniyalik mutaxassis o'yinni boshqargan Maykl Oliver boshchiligidagi hakamlar brigadasi oldiga borib, “sizlarga katta rahmat” deya ularni qo'lini siqib qo'ygan.

Angliya Futbol Assotsiatsiyasi ushbu holat uchun 48 yoshli murabbiyga sankciya qo'llamasligini ma'lum qildi.

Gvardiolaning o'zi esa o'yindan keyin hakamlarni oldiga borib ularga minnatdorchilik bildirgani sarkazmdan holi ekanligini aytgan.


Manba: Sky Sports