Gvardiola: “Hozirgi “Manchester Siti” mening boshqaruvimdagi eng yomoni. Chunki …”

Eldor Akmurzayev
16 mar 2021, 21:15
Pep Gvardioladan jamoasini oldingi mavsumlar bilan taqqoslaganda hozirgi “Manchester Siti”ning mavqeyi qay darajada ekanligi so'raldi.

“Hozirgi “Manchester Siti” mening boshqaruvimdagi eng yomoni. Chunki avvalgi jamoalar ko'p narsa yutgan, ayni vaqtdagisi esa hali hech narsa yutmadi.

Qo'lga kiritishimiz mumkin bo'lgan natijalarni, sovrinlarni kutmoqdamiz. Oldingi “Man Siti” titullarga ega chiqqan, ammo hozirgisi buni isbotlashga ulgurmadi”, deydi Gvardiola.

Eslatib o'tamiz, “shaharliklar” joriy mavsum 4 ta frontda kurash olib bormoqda. Jamoani bugun tunda YCHL 1/8 finalidan o'rin olgan “Borussiya M”ga qarshi javob (birinchi o'yin – 2:0) kutmoqda.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: euro-football.ru