

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola hujumchi Erling Holandning formasidan noroziligini bildirdi.
"Erling o'zini noqulay his qilmoqda. Biz uni xavf ostiga qo'ymoqchi emasmiz. Ammo ertami-kechmi u mashg'ulotlar orqali muvaffaqiyatga erishishi kerak. Mavsum yaqinlashib qoldi. Holandning kamchiliklari bor, lekin biz uni 3 hafta yoki bir oyga yo'qotmoqchi emasmiz. Bu biz uchun muammoga aylanadi", – dedi mutaxassis.
"Manchester Siti" ayni paytda mavsumoldi tayyorgarlikni yakunlamoqda. "Shaharliklar" 10 avgust kuni Angliya Superkubogi uchun "Manchester Yunayted"ga qarshi maydonga tushadi.



