Gvardiola: "Futbolchilardan kamroq yugurishni iltimos qildim"

Mirjalol Normatov
14 yanv 2021, 17:45
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola o'yin vaqtida futbolchilardan kamroq kuch sarflashini so'radi.

"Kamroq yugurishni boshladik. Biz juda ko'p yugurayotgandik. Futbol o'ynayotganda yurish kerak. Qancha kam bo'lsa, shuncha yaxshi.

To'psiz qolganda esa yugurish kerak. To'pni qabul qilib olganingdan keyin sening ortingdan yugurishsin. Shu sababli u yugursin, sen emas. Bu jabhada biz katta o'sishga erishdik.

Ushbu mavsumda ko'p narsa o'xshamayapti. Bu mening aybim. Keyinchalik barchasi yaxshi holatga qaytdi.

Gap shundaki, futbolchilarga mavsum oldidan tayyorgarlik uchun juda kam vaqt berilgandi", - dedi Gvardiola.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal