Gvardiola: "Fergyusondan keyingi barcha murabbiylar yomonmidi? Yo'q"

Mirjalol Normatov
2 okt 2022, 11:11
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola MYUda ishlash juda qiyinligini bildirdi.

"Tasavvur qiling, Siz kechagina uchinchi marta YCHL sovrinini va ketma-ket uch marta APLni yutgan MYU bosh murabbiyisiz. Sizga oson bo'lmaydi. Hozir o'tgan mavsumda o'rtacha natija qayd etayotgan jamoalar ham YCHLda o'ynamoqda. Hozir YCHLga chiqish uchun faqatgina natija ko'rsatsangiz bo'lgani.

Albatta, rahbariyat tomonidan bosh murabbiyga qancha imkoniyat berilishi ham e'tiborga molik. Natijalar - ishimizdagi bir qism, biroq rahbariyat futbolchilar qanday mashg'ulot qilayotganiga, kiyim almashtirish xonasi va matbuot bilan muloqotda o'zini qanday tutayotganiga ham qarashi kerak. Agarda klubdagilar murabbiyga ishonsa, vaqt berishi kerak. Futbol o'zgarib ketyapti, uning tashqi ko'rinishini to'g'ri qabul qilish lozim.

Agarda doimo futbolchi va murabbiyni o'zgartiraversangiz, barchasi qiyinlashib ketadi. Nima, Fergyusondan keyingi MYUning murabbiylari yomonmidi? Yo'q. Bilmadim, nima sababdan klubning ishlari ortga tortib ketdi. Agarda ten Xagda ishlar yaxshi ketsa, MYU uchun zo'r ish bo'ladi", - dedi Gvardiola.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal