Gvardiola: "Fergyuson "Barselona"da 25 yil qola olardi deb aytolmayman"

Aslanov Jasurbek
3 noya 2018, 11:17
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola "Manchester Yunayted" sobiq ustozi Aleks Fergyusonning so'zlariga fikr bildirdi.

Oldinroq, Fergyuson ispaniyalik mutaxassis haqida quyidagi gapni aytgan edi: "Gvardiola nega "Barselona"ni tark etganini bilmayman, bunda mano yo'q, u o'sha yerda 25 yil qolishi kerak edi".

"U nega bunday deganini tushunaman, ammo Angliyada futbol umuman boshqacha. Bu yerda haqiqatdan ham bir klubda 20 yil ishlash mumkin. Bir hafta davomida jurnalistlarni ko'rmayman, ular jamoa ichida nimalar bo'layotganini bilishmaydi. Klubimizda, futbolchilar bilan kiyinish xonasida ko'plab muammolar bo'lgan, bazida qattiqqo'l bo'lishga to'g'ri keladi, ammo hech narsa matbuotga chiqib kyetmaydi.

"Barselona"da yoki "Bavariya"da nima sodir bo'lsa, ertaga gazeta muqovalarida chiqib turardi. Angliyada qulayroq. Fergyuson "Barselona"da 25 yil qola olardi deb aytolmayman" - deydi Gvardiola.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: BBC