Gvardiola Erik Garsiya faoliyatini "Barselona"da davom ettirishiga ishonchi komil

Alisher
25 yanv 2021, 14:06
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola himoyachi Erik Garsiyaning "Barselona"ga o'tish ehtimoli haqida gapirdi.

"Erikning ketishiga ishonchim komil. Bu qishki transferlar oynasida yoki yozda sodir bo'ladi, barchasi klubga bog'liq", - deydi ispaniyalik mutaxassis.

Oldinroq, "ko'k-anorranglilar"ning joriy transferlar oynasida Garsiya bilan shartnoma imzolamasligi deyarli aniq bo'lib ulgurdi.

Erik "Barselona" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Himoyachi "Manchester Siti"da 2017 yildan beri o'ynaydi. Ispaniyalik o'yinchi joriy mavsum Angliya chempionati doirasidagi 3ta o'yinda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports