Gvardiola: "YCHLni yaxshi ko'raman, biroq APLdagi chempionliklarimizga ham tan berishingiz kerak"

Mirjalol Normatov
11 iyun 2023, 15:50
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola muxlislardan YCHL bosh sovrinidan keyin APL chempionliklarini yoddan chiqarmaslikni so'radi.

Angliya klubi ushbu mavsumda trebl qayd etdi, APLda esa so'nggi 6 mavsumda 5 chempionlik qo'lga kiritilgan.

"Menga YCHL yoqadi, chunki unda g'olib bo'ldik. Bu bizda hayotimizning so'nggi kunigacha yodda qoladigan narsa, chiroyli tarix.

Biroq bizning Premer-ligada so'nggi 6 yildagi 5 chempionligimiz yoddan ko'tarilmasin. Muhimi, odamlar buni amalga oshirganlarni yoddan chiqarmaydi. Balki yana bir muzey tashkil qilib, odamlar sovrinni tomosha qilib, rohat olishlari uchun yordam berish kerakdir", - dedi "Siti" ustozi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal